Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh yana 1,6 million muhojirni deport qilishi mumkin

AQSh yana 1,6 million muhojirni deport qilishi mumkin

Hozirda AQShda bo‘lib turgan 1,6 millionga yaqin noqonuniy muhojirlar deportatsiya qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati direktori vazifasini bajaruvchi Todd Layons ma’lum qildi.

Fox News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bunday raqamlarni u payshanba kuni AQSh Kongressi Senatining ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari oldida so‘zlagan nutqida e’lon qilgan. Layonsning qo‘shimcha qilishicha, ro‘yxatdagilarning taxminan 800 ming nafari sudlangan.

Avvalroq AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 2025 yilda 3 million muhojir mamlakatni tark etganini, ulardan 800 mingga yaqini majburiy ravishda deportatsiya qilinganini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring