Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Budjet prognozida ilk bor “yashil” va gender ko‘rsatkichlari aks etadi

Budjet prognozida ilk bor “yashil” va gender ko‘rsatkichlari aks etadi

Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga (ro‘yxat raqami 3558-4, 2026 yil 20 fevral)qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu hujjat bilan ilk bor budjet sohasidagi normativ-huquqiy hujjatga genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish va “yashil” budjetlashtirish tushunchalari kiritildi.

Unga ko‘ra, har yili kelgusi moliya yili uchun budjet prognozi va undan keyingi 2 yil uchun budjet mo‘ljallarini aniqlash maqsadida ishlab chiqiladigan fiskal strategiyada hamda  budjetnomada «yashil» budjetlashtirish va genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar va kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.

Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tuziladigan rivojlantirish dasturida budjet mablag‘larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo‘yicha quyidagi maqsadlarni inobatga olgan ko‘rsatkichlar belgilanishi lozim:

  • rivojlanishning asosiy yo‘nalish, maqsad va vazifalari;
  • sifat va miqdor;
  • ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring