Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston O‘zbekistondan anor va chili qalampiri importiga ruxsat berdi

Hindiston O‘zbekistondan anor va chili qalampiri importiga ruxsat berdi

Foto: Xabar.uz

Hindiston O‘zbekistondan anor va achchiq chili qalampiri importiga rasman ruxsat berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligining tegishli qarorlari Hindistonning Gazette of India rasmiy davlat nashrida e’lon qilingan.

Ushbu qarorlarning qabul qilinishi agrar sohadagi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, mamlakat eksportchilari va agrotadbirkorlari Hindistonning ulkan va jadal rivojlanayotgan bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Mahsulotlar fitosanitariya me’yorlari va xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilingan holda yetkazib beriladi.

Bunga javoban O‘zbekiston Hindiston ananasi va papayyasi importi uchun xuddi shunday «yashil yo‘lak» taqdim etish jarayonini jadallashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring