Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi

Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi

Foto: Markaziy bank

Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi tashkil etildi. 

Markaziy bankda Islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning islomiy moliya kengashi tashkil etildi.

Kengash islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatuvchi mikromoliya tashkilotlari, Omonatlarni kafolatlash agentligi hamda Markaziy bank nazorati ostidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning kollegial organi hisoblanadi. 

Kengash tarkibi Islom huquqi bo‘yicha mutaxassis va texnik ekspert bo‘lgan 5 nafar a’zodan iborat. 

Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 

- islomiy moliya standartlari loyihalarini islomiy moliya bo‘yicha xalqaro standartlar va mahalliy kontekstni inobatga olgan holda ishlab chiqadi; 

- Markaziy bankka islomiy moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish masalalari yuzasidan xulosa va maslahatlar beradi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ko‘maklashadi, sohada yuzaga keladigan nizolar hamda bahsli masalalar bo‘yicha tushuntirish va izohlar beradi; 

- banklar va mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq tavsiyalar va ko‘rsatmalar beradi, ular bilan davriy maslahat uchrashuvlarini o‘tkazadi; 

 AAOIFIning yig‘ilishlarida Markaziy bank nomidan qatnashadi va zarur hollarda AAOIFI tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalariga o‘z takliflari va munosabatlarini taqdim etadi. 

 Kengash har yili Markaziy bank boshqaruviga o‘z faoliyati bo‘yicha yillik hisobotni taqdim etadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring