Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston 5 oyda qariyb 22,5 mingta konditsioner eksport qildi

O‘zbekiston 5 oyda qariyb 22,5 mingta konditsioner eksport qildi

2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga 22 ming 443 dona konditsioner eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, eksportning umumiy qiymati 4,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming donaga yoki 5,1 foizga ko‘paygan.

Eng yirik eksport bozori Ozarbayjon bo‘lib, ushbu mamlakatga 7 ming 367 dona konditsioner yetkazib berilgan.

Keyingi o‘rinlarda Tojikiston 4 ming 775 dona va Turkiya 4 ming 640 dona bilan qayd etilgan. Shu tariqa ushbu uch mamlakat O‘zbekiston konditsionerlari eksportida yetakchilik qildi.

Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasiga 2 ming 448 dona, Qozog‘istonga 1 ming 324 dona konditsioner eksport qilingan. Qolgan 1 ming 889 dona mahsulot boshqa davlatlarga jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring