O‘zbekiston Qozog‘iston eksportida «birinchi beshlik»ga kirdi
Qozog‘iston eksporti geografiyasida ilk bor O‘zbekiston asosiy eksport sheriklar qatoriga kirdi va mamlakat umumiy eksport hajmida 4,5 foiz ulush bilan top-yetakchi mamlakatlar safidan joy oldi.
Qozog‘istonning umumiy eksport hajmi 71 mlrd 135,7 mln AQSh dollarini tashkil etgani hisobga olinsa, bu – O‘zbekiston hisobot davrida 3,2 mlrd AQSh dollaridan ko‘proqqa baholangan qo‘shni davlat mahsulotlarini import qildi degani.
Tahlilchilarga ko‘ra, bu Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya chuqurlashayotgani va bozorlarni diversifikatsiya qilish jarayoni jadallashayotganini ko‘rsatadi.
Qozog‘iston mahsulotlarining asosiy xaridorlari hanuz Italiya (20,1 foiz), Xitoy (19 foiz) va Rossiya (10 foiz) bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Niderlandiya (7,7 foiz) va Turkiya (5 foiz) ham yetakchi eksport yo‘nalishlari qatorida qayd etilgan.
Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonning asosiy eksport bozorlari qatoriga kirishi mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi va kelgusi yillarda o‘zaro savdo hajmlari yanada oshishi kutilmoqda.
Manba: zakon.kz


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter