O‘zbekistonda yetti oylik bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshgan.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:
- savdo xizmatlari — 202,0 trln so‘m;
- yashash va ovqatlanish xizmatlari — 149,7 trln so‘m;
- moliyaviy xizmatlar — 125,8 trln so‘m;
- transport xizmatlari — 121,5 trln so‘m;
- aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 61,6 trln so‘m;
- ta’lim sohasidagi xizmatlar — 27,2 trln so‘m;
- ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 19,4 trln so‘m;
- shaxsiy xizmatlar — 14,1 trln so‘m;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 13,9 trln so‘m;
- me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 10,7 trln so‘m;
- kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 9,2 trln so‘m;
- ijara xizmatlari — 9,0 trln so‘m;
- boshqa xizmatlar — 38,3 trln so‘m.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter