Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 21,4 foizga oshdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 21,4 foizga oshdi

2025-yilning ikkinchi choragida xorijda mehnat qilayotgan muhojirlar tomonidan O‘zbekistonga jami 4,8 milliard dollar miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,4 foizga yuqori. Solishtirish uchun, 2024 yilning ikkinchi choragida o‘sish sur’ati 38,6 foizni tashkil etgan edi.

Mutaxassislar fikricha, bu dinamikaning shakllanishi asosan mehnat muhojirlarini qabul qilayotgan mamlakatlarda valyuta kurslarining barqarorligi, ish haqi o‘sishi hamda iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlari bilan bog‘liq.

Ikkinchi chorakda turli mintaqalardan yuborilgan pul o‘tkazmalarida sezilarli farq kuzatildi. Jumladan, Boltiq davlatlari, Yevropa va qator boshqa hududlardan kelgan o‘tkazmalarning o‘sish sur’ati yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, Boltiq mamlakatlaridan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan 65,6 foizga oshdi.

Shu bilan birga, AQSh, Rossiya va Yevropadan yo‘llangan mablag‘lar hajmida o‘sish sur’ati pasaygani qayd etildi: AQShdan – 10,3 foiz, Rossiyadan – 23,7 foiz va Yevropadan – 26,9 foizgacha. Osiyodan kelgan pul o‘tkazmalari esa barqaror holatda qoldi.

Tashqi bozorlardagi o‘zgarishlar, ayniqsa Rossiya, Yevropa va Boltiq davlatlarida mehnat muhojirlariga bo‘lgan talabning ortishi, pul o‘tkazmalari dinamikasida hal qiluvchi omillardan biri bo‘ldi. Bu esa mehnat muhojirlari oqimi yo‘nalishlari bosqichma-bosqich kengayayotganini ko‘rsatadi.

Manba: cbu.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring