Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» Toshkent viloyatida tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shmoqda

«O‘zsanoatqurilishbank» Toshkent viloyatida tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shmoqda

O‘zsanoatqurilishbank jurnalistlarni tadbirkorlar faoliyati bilan tanishtirdi

Joriy yilning 20 iyul kuni O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofisi (BXO)ga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari mazkur muassasada transformatsiya ishlari bilan yaqindan tanishib, Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxonalarga tashrif buyurdi.

Jurnalistlarni Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan loyihalar bilan tanishtirish Qibray tumani kichik sanoat zonasiga tashrif buyurildi. Tumandagi «Trans Servis Invest» korxonasi faoliyati jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uch yildan buyon mahalliy va xorijiy bozorga ayollar va erkaklar hamda bolalar trikotaj mahsulotlarini yetkazib beryotgan ushbu korxona tomonidan “talab va taklif” tamoyillariga amalga qilingan holda Bank bilan navbatdagi yangi loyiha ustida ish olib borilayotgani ma’lum qilindi.

– Tadbirkorlik kishidan katta jur’at talab qiladi, – deydi «Trans Servis Invest» korxonasi savdo va marketing bo‘limi boshlig‘i Tohir Omonov.Albatta, hisob-kitobingiz, xarajatingizga mos moliyaviy resursingiz bo‘lishi ham shart. Bu borada yurtimizda juda ko‘p imkoniyatlar berilmoqda. Masalan, bank kreditlari bilan biz kabi biznes vakillarining tug‘ilgan rejalari qog‘ozga tushar-tushmas, hayotga tatbiq qilinmoqda. Ayni paytda O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda “Trikotaj mahsulotlariga rang va bezak berish” mazmunidagi yangi loyiha ustida ish olib borayapmiz. U to‘liq ishga tushirilganda korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 2200 tonnaga yetadi, eksport hajmi 600 ming dollarga ortadi.

Navbatdagi manzil Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «ARENA RENT» korxonasi bo‘ldi.

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda dori vositalarini saqlash uchun plastmassa idishlar ishlab chiqaruvchi ushbu korxonaning loyiha menejeri Ikromboy Jumanov mehmonlarni jarayon bilan tanishtirdi.

– Faoliyatimiz to‘liq avtomatlashtirilgan, – deydi Ikromboy Jumanov. – Bank tomonidan ajratilgan xorijiy kredit liniya hisobiga Xitoydan yirik texnologik majmua xarid qilib, katta ishlab chiqarishga qo‘l urdik. Hozirda buyurtmachilarga yiliga 2 mln. dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot yetkazib berayapmiz.

Loyiha qiymati 3,5 mln. dollar hajmida. Yiliga 960 tonna har xil turdagi plastmassa idishlar ishlab chiqariladi. Korxona faoliyati avtomatlashtirilganiga qaramay, 30dan ortiq yigit-qiz ishga jalb qilingan.

Press-tur kun tartibiga ko‘ra, jurnalistlar uchun Toshkent viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofisida matbuot anjumani ham tashkil qilinib, unda BXO faoliyatining 2022 yil birinchi yarmidagi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.

Qayd etilganidek, hisobot davrida muassasa jami daromadi belgilangan rejaga ko‘ra 123 foiz, aholi bo‘sh pullarini omonatlarga jalb qilish 120 foizga bajarilgan. Sof foydasi qariyb 45 mlrd. so‘mga yetgan.

Kredit qo‘yilmalari 1 801,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, bunda eng katta ulush sanoat tarmog‘i (qariyb 60 foiz)ga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 231,3 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilib, pirovardida, 40ga yaqin loyihalar ishga tushirilgan, 375 dan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring