Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qudbiyev degan kattakon, senga baho bu» — davlat rahbari «tax gap» tizimi bekor qilinishini aytdi

«Qudbiyev degan kattakon, senga baho bu» — davlat rahbari «tax gap» tizimi bekor qilinishini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Olayotgan oyliklaringni oqlamayapsizlar, xalqqa, tadbirkorga yordam bermayapsizlar, to‘siq bo‘lyapsizlar. Mana, «tax gap» degan balo bularni qanday qiynayapti, korrupsiyaga sabab bo‘layotgani uchun tikka turib qarsak chalyapti», — dedi prezident.

Hozirgi tadbirkorlarni xavf guruhiga kiritish tizimi yopiq bo‘lib, intizomli soliq to‘lovchilar ham qaysidir hamkori qachonlardir xato qilgan bo‘lsa, uning uchun ham javob bermoqda.

O‘tkazilgan so‘rovlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarning 70 foizi ushbu soliqni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash, ya’ni «tax gap» tizimi adolatsiz ekanini bildirgan.

Soliq tizimidagi korrupsiya bilan bog‘liq shikoyatlar haddan tashqari ko‘payib ketgani ham aynan «tax gap» bilan bog‘liq.

Endilikda, 1 oktyabrdan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti, ya’ni «tax gap» bekor qilinadi.

Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman soha vakillari bilan birga tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingini joriy qiladi.

Bunda, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:

  • barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;
  • ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini vaqtinchalik to‘xtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring