Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni boshlaydi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni boshlaydi

Saudiyaning «Jamjoom Pharma» farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekiston dori-darmon ishlab chiqarish sanoatiga 52 million dollar sarmoya kiritish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda «Arab News» nashri xabar bermoqda.

Kompaniya vitse-prezidenti Mahmud Jamjumning aytishicha, uning kompaniyasi Markaziy Osiyo bozoriga chiqishdan manfaatdor. Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Saudiya-O‘zbekiston biznes-forumida u O‘zbekiston bilan hamkorlik uning uchun mintaqaviy bozorga yo‘l ochishiga umid bildirdi.

«Hozir biz dunyoning 30 ta davlatida faoliyat yuritayapmiz. Endi biz ushbu hududga e’tibor qaratmoqdamiz. Bizni O‘zbekiston, Afg‘oniston va Turkmaniston qiziqtiradi. Bu kelishuv biz uchun mintaqaga eshik ochadi», – dedi Jamjum.

Kompaniya vitse-prezidenti, shuningdek, barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng O‘zbekistonda reklama kampaniyasini boshlashni rejalashtirayotganini aytdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring