Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning Eron haqidagi ijobiy bayonotidan so‘ng neft va gaz narxi keskin arzonladi

Trampning Eron haqidagi ijobiy bayonotidan so‘ng neft va gaz narxi keskin arzonladi

AQSh prezidenti Donald Tramp oxirgi ikki kun davomida Eron bilan "juda yaxshi va samarali muzokara o‘tkazilgani" haqida bayonot bergan edi.

Tramp muzokaralar butun hafta davom etishi rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Shu tufayli Pentagonga Eronning elektrostansiyalari va energetika infratuzilmasiga beriladigan zarbalarni besh kunga kechiktirish topshirig‘i berilgan.

Bloomberg tomonidan xabar qilinishicha, Trampning ushbu bayonotidan so‘ng Brent rusumli neft narxi 14 foizga arzonlagan. Shu bilan birga Yevropada gaz narxi 9.3 foizga arzonladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring