Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulug‘bek Rashitov uch karra jahon chempioni ustidan g‘alaba qozondi

Ulug‘bek Rashitov uch karra jahon chempioni ustidan g‘alaba qozondi

Foto:«Olympics.uz»

Yosh taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov biroz avval Tokio-2020 Olimpiadasidagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Chorak final uchun bellashuvda hamyurtimiz koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqdi.

Dastlabki raundda imkoniyatni boy bergan Rashitov 2 va 3-raundlarda ustunlik qildi. Asosiy vaqt 19:19 hisobida yakunlandi. Bahs taqidirini hal qilgan «Oltin zarba»da vakilimiz 2 ochko qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tursunoy Rahimova tarixiy natija qayd etib, ayol bokschilarimiz orasida ilk ijobiy natijaga erishgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring