Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025-yilda 70 mingga yaqin xonadon foydalanishga topshirildi

2025-yilda 70 mingga yaqin xonadon foydalanishga topshirildi

2025-yilda O‘zbekistonda jami 69,1 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan. Bu 2024-yilga nisbatan 2,4 mingtaga oshgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatiga to‘g‘ri kelib, 10,8 mingta xonadon barpo etilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 6,7 mingta, Surxondaryoda 6,1 mingta uy foydalanishga topshirilgan.

Farg‘ona, Xorazm va Toshkent shahrida 5,9 mingtadan, Buxoroda 5,6 mingta xonadon qurib bitkazilgan. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida – 0,6 mingta.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga oshgani haqida xabar qilgandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring