Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ayni kunlarda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor Toshkentda bo‘lib turibdi.

Bugun, 7-fevral kuni Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur tadbir haqida to‘xtalib, uning «samarali» o‘tganini ma’lum qildi.

«Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi; oldinda bizni har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda», – deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegramdagi rasmiy kanalida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring