Saida Mirziyoyeva AQSh maxsus vakili bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Trampning maxsus vakili bilan uchrashdi.
«Maxsus vakil, elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilganini ma’lum qilishdan mamnunman.
Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi; oldinda bizni har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda», ddeya yozadi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor 3−7 fevral kunlari O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.
U «B5+1» biznes forumida ishtirok etadi hamda biznes vakillari va hukumat amaldorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter