Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amirsoy va Bildirsoy yo‘lida bir tomonlama harakat tashkil etildi

Amirsoy va Bildirsoy yo‘lida bir tomonlama harakat tashkil etildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida (Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy) tirbandliklarning oldini olish maqsadida bir tomonlama harakat joriy etildi.
 
IIV YHXX xabariga ko‘ra, cheklovlar quyidagicha belgilangan:
  • Yo‘nalish: 4R6 «Toshkent—Chirchiq—Chimyon» yo‘lining 57-kilometridan 92-kilometrigacha (4R10 yo‘li bilan tutashgan joygacha).
  • Choralar: Yo‘lning boshlanish va tugash qismlarida tegishli ko‘rsatkich belgilari, kirish taqiqlangan joylarda esa «To‘xtash taqiqlangan» (3.1) belgisi o‘rnatilgan.
Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va tartibga soluvchi xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raladi.
 
“Barcha harakat ishtirokchilardan ushbu chora-tadbirlarni to‘g‘ri tushungan holda, tartibga soluvchilar, ya’ni yo‘l patrul xizmati inspektorlarining ishoralariga, yo‘l belgi va chiziqlar talablariga rioya etishlarini, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini hamda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring