Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon, Toshkent va Surxondaryoda xavfli dorilarni sotayotganlar qo‘lga olindi

Andijon, Toshkent va Surxondaryoda xavfli dorilarni sotayotganlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.A. (muqaddam sudlangan) “Damas” rusumli avtomashinasida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 124 dona kapsuladagi “Regapen” nomli dori vositasini Andijon shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yakkasaroy tumani, “Qushbegi” mavzesidagi “N.A.” MChJ dorixona farmatsevti U.T. 50 dona “Omnadren 250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 3 mln so‘mga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.A. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud 200 kapsula “Benzonal” nomli dori vositasini 1,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring