Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda salkam 1 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi

Marg‘ilonda salkam 1 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Marg‘ilon shahrida 963,5 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro S.A. va boshqalar o‘zlarining yashash xonadonlari va savdo do‘konlarida qonunga xilof ravishda sifat sertifikati bo‘lmagan tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ulardan umumiy bahosi 963,5 mln so‘mlik 46 turdagi tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Prokuratura va DXX Ohangaronda dorifurushlarni ushlagandi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring