Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bank kartasini yaroqsiz holga kelmasligi uchun qanday qilib to‘g‘ri dezinfeksiyalash mumkin?

Bank kartasini yaroqsiz holga kelmasligi uchun qanday qilib to‘g‘ri dezinfeksiyalash mumkin?

Foto: Xabar.uz

Bank kartasidan har safar foydalangandan so‘ng uni dizenfeksiya qilish juda muhim. Lekin o‘tkir kimyoviy vositalar, masalan, atseton, qurilishda ishlatiladigan turli vositalar yoki 96 foizli spirt kabilar bilan bank kartasini tozalamagan ma’qul.

Sababi, bunday vositalar bank kartasi ustidagi raqami, amal qilish muddati va karta saqlovchisining familiya, ismi-sharifi bilan bog‘liq rekvizitlarini o‘chirib yuborishi mumkin. Bunday vositalardan fodalanish bank karta mikro chipining kuyishiga va natijada bank kartasini yaroqsiz holga olib kelishi mumkin.

Shu bois, bank kartasiga shikast yetkazmaslik uchun dorixonalarda sotiladigan oddiy antiseptik vositalar yordamida dezinfeksiyalash tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring