Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boeing 787 Dreamliner» samolyotlarini sotib olish uchun kredit mablag‘lari jalb qilinadi – Uzbekistan Airways

«Boeing 787 Dreamliner» samolyotlarini sotib olish uchun kredit mablag‘lari jalb qilinadi – Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotlarini sotib olish uchun kredit mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Spot nashri aviakompaniya boshqaruvi raisi Shuhrat Xudayqulovga tayanib xabar bermoqda

Shuhrat Xudayqulov aviakompaniya uchun Boeing 787 Dreamliner xaridi uchun ehtiyoj paydo bo‘lganini, bu – parvozlar geografiyasi, respublika ichidagi harakatchanlik va umuman respublikaning dunyo bilan o‘zaro munosabatlarida ko‘rinayotganini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, ta’minot 2030-yil oxirida boshlanadi va 3−4 yil davom etadi: dastlabki rejaga ko‘ra, park har yili 4−5 ta samolyot bilan to‘ldiriladi.

Bundan tashqari, uchuvchi-mutaxassislarni tayyorlash uchun bu yil o‘quv-mashg‘ulot markazi bazasida MDH mamlakatlarida birinchi bo‘ladigan Boeing 787 Dreamliner samolyotining to‘liq trenajyorini o‘rnatish rejalashtirilgan.

«Flotni ko‘paytirish doirasida ushbu samolyotlarni sotib olish uchun kredit mablag‘lari jalb qilinadi. Kompaniya bugungi kunda to‘liq to‘lovga qodir. O‘tgan yil davomida kompaniyaning sof foydasi 1,3 trln so‘m yoki 100 mln dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, bunday o‘sishni ko‘rsatayotgan kompaniyaning bunga qurbi yetadimi? Tabiiyki, mumkin», – degan Shuhrat Xudayqulov, biroq 22 ta Boeing samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma narxiga izoh bermagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Samolyotlarni sotib olish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hukumat timsolida yagona aksiyadorning pozitsiyalarini hisobga olgan holda qabul qilingan.

Aviakompaniya rahbari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Boeing 787 Dreamliner samolyotlari go‘yoki Rossiya manfaatlari uchun shartnoma tuzilganligi muhokama qilinayotganini ta’kidlab, bu «aviakompaniya vakili va respublika fuqarosi sifatida» uni xafa qilganini aytadi.

«Aviakompaniya vakili va respublika fuqarosi sifatida buni eshitish men uchun yoqimsiz», — deya qo‘shimcha qilgan u va barcha samolyotlar O‘zbekiston manfaatlari yo‘lida parvoz qilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning sentyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Prezident Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi doirasida Boeing kompaniyasi bilan 22 ta samolyot uchun qiymati 8 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma tuzganligi haqida yozgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring