Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzbekistan Airways 30 foizgacha chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways 30 foizgacha chegirma e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Uzbekistan Airways katta chegirma haqida ma’lumot berdi.

Kompaniya tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘ining barcha yo‘nalishlari uchun tariflarga 30 foizgacha chegirma taqdim etmoqda. 

«Aksiya faqat bir kun – 28 yanvarda amal qiladi. Taklifdan foydalanishga ulgurib qoling va keyingi sayohatingizni hoziroq rejalashtiring», deyiladi aviakompaniya xabarida. 

Chiptalarni booking.uzairways.com saytida, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida hamda agentlarda topish mumkin. 

Chegirma faqat tarifga tegishli. Soliq va yig‘imlar alohida to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring