Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ko‘tariladi

Bugun ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ko‘tariladi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Ayrim joylarda shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat 30-35° atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring