Qafasdagi chaqaloqlar: dahshatli kinodek tuyuladigan g‘amxo‘rlik
Hozirgi kunda bu xuddi shaharning vahimali afsonasidek ko‘rinadi: derazani ochasiz, tashqarida esa ichida chaqaloq solingan metall qafas osilib turibdi. XX asrning birinchi yarmida bunday konstruksiyalar haqiqatan mavjud edi. Agar oilaning bog‘i, ayvoni yoki risoladagidek hovlisi bo‘lmasa, bola «toza havodan nafas olishi» uchun ularni shahar uylarining derazalariga mahkamlashardi...
Bu o‘z davri uchun tushunarli mantiq edi: toza havo bolalar sog‘lig‘ining muhim qismi hisoblangan, shahar kvartiralari esa ko‘pincha tor va dim bo‘lgan. Ota-onalar deraza ortida dahshatli sahna yaratishga urinishmagan. Ular bolaga g‘amxo‘rlik qilyapmiz, deb o‘ylashgan. Shunchaki, u paytlarda xavfsizlik haqidagi tasavvurlar butunlay boshqacha edi. Tarixning g‘alati tomoni ham ana shunda. Bolaga ko‘proq havo va yorug‘lik berishdek yaxshi g‘oya shunday bir shaklni oldiki, undan bugun odamning badani seskanadi: chaqaloq binoning tashqarisiga osib qo‘yilgan simli qutida yotibdi.
Mazkur yondashuvlar «odatiy hol» tushunchasi qanchalik tez o‘zgarishini yaqqol ko‘rsatib beradi. Bir davrga oqilona tuyulgan yechim boshqa zamon uchun vahimali filmning bir lavhasidek ko‘rinadi. Va deyarli har bir davrning shunday odatlari bo‘ladiki, keyingi avlodlar bir kun kelib ularga qarata: «Sizlar haqiqatan buni odatiy hol deb hisoblaganmisiz?» – deb so‘rashadi.
Bu yerda eng muhim xulosa o‘tmish ustidan kulish emas. Odamlar ko‘pincha g‘alati ishlarni shafqatsizlikdan emas, balki to‘g‘ri ish qilyapman degan ishonchdan kelib chiqib qilishadi. Shuning uchun taraqqiyot, bu – nafaqat yangi texnologiyalar, balki g‘amxo‘rlik xavf-xatarga haddan tashqari o‘xshab qolayotgan lahzani o‘z vaqtida payqay olish qobiliyatidir.
Saidmurod Xolbekov tayyorladi


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter