Bugun ham 46 darajagacha issiq saqlanib qoladi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-43 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45-46 darajagacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 40-42 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter