Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Bugun hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37° bo‘ladi. 

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo‘ladi. 

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring