Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda aholi evakuatsiya qilinishi haqida yolg‘on xabarlar tarqatildi

Buxoroda aholi evakuatsiya qilinishi haqida yolg‘on xabarlar tarqatildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida Buxoro viloyatida kuchli suv toshqini bo‘lishi va  aholi evakuatsiya qilinayotganligi haqidagi xabarlar tarqatildi. Bu ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring