Buxoroda aholi evakuatsiya qilinishi haqida yolg‘on xabarlar tarqatildi
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida Buxoro viloyatida kuchli suv toshqini bo‘lishi va aholi evakuatsiya qilinayotganligi haqidagi xabarlar tarqatildi. Bu ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter