Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzorda 1127 ta muammoli masalaga yechim topildi

Chilonzorda 1127 ta muammoli masalaga yechim topildi

Foto: Toshkent shahar davlat soliq soliq boshqarmasi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan poytaxtning Chilonzor tumanidagi 65518 ta xonadonlar o‘rganilganda va aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan 1127 ta muammoli masalalarga yechim topildi.

Joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda sektor rahbarining amaliy ko‘magi bilan yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan 6 ta xonadonning uy-joylari ta’mirlab yakuniga yetkazildi 25 ta xonadonda esa ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Bugunga kelib, 8 ta bolalar maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi. Hozirda 12 ta bolalar maydonchasi qurilishi yakunlanish arafasida.

Bundan tashqari, xomiylar tomonidan hududda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 34 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 32 nafar fuqaroga protez-ortopediya vositalari, eshitish moslamalari, 363 nafar fuqaroga bepul dori-darmon vositalari, 1192 nafar fuqaro oziq-ovqat mahsulotlari, 80 nafar fuqaroga zaruriy maishiy-texnika jihozlari va 447 nafar fuqaroga moddiy yordam puli ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan 300 nafarga yaqin ko‘zi ojizlar uchun xayriya tadbiri tashkil etilib, ular uchun bayram dasturxoni yozildi. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i xayriya tadbirida ishtirok eta olmagan ko‘zi ojizlar jamiyatining 50 nafar a’zolarining xonadonlariga tashrif buyurdi. Ular holidan xabar olib, bayramona taom va sovg‘a salomlar ulashdi, deb xabar berdi Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq soliq boshqarmasi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring