Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiroqchi tumani ikkiga bo‘linadi

Chiroqchi tumani ikkiga bo‘linadi

Foto: «chiroqchi.uz»

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv davomida Chiroqchidagi holat haqida gapirdi va aholiga qulay bo‘lishi uchun ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanini tashkil etish taklifini berdi.

— Yana bir masala – Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr bo‘lib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi.

Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, odamlar o‘zining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.

Shuningdek, tuman ichida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida, odamlarning markazga kelishi uchun, bir nechta transportdan foydalanishi, bunga 50 ming so‘mgacha xarajat qilishga majbur.

Shu bilan birga, o‘z paytida tuman Chiroqchi va Ko‘kdala hududlariga bo‘lingan edi.

Shu bois, ko‘plab aholining murojaatlarini inobatga olib, ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarini tashkil etsak, nima deysizlar? — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring