Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dekabr oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi

Dekabr oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil dekabr oyi uchun bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1 kilo palov hududlarda:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 97 727 so‘m;
  • Andijon viloyati – 105 336 so‘m;
  • Buxoro viloyati – 107 175 so‘m;
  • Jizzax viloyati – 109 017 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 111 093 so‘m;
  • Navoiy viloyati – 109 169 so‘m;
  • Namangan viloyati – 108 030 so‘m;
  • Samarqand viloyati – 112 222 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati – 111 002 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 103 696 so‘m;
  • Toshkent viloyati – 111 857 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 114 890 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 106 527 so‘m;
  • Toshkent shahri – 115 491 so‘m;

Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:

  • kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
  • piyoz – 300 gr;
  • mol go‘shti – 700 gr;
  • sabzi – 1 kg;
  • guruch – 1 kg;
  • no‘xat – 100 gr;
  • zira – 10 gr;
  • osh tuzi – 20 gr.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring