Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniy savollarga javob beruvchi Call-markaz ish boshladi

Diniy savollarga javob beruvchi Call-markaz ish boshladi

Foto:«Meros»

«Muhtaram yurtdoshlarimizning diniy savollariga javob berish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ibodatga doir shar’iy masalalarga telefon orqali javob berish tizimi yo‘lga qo‘yildi» deyiladi O‘zbekiston musulmonlari matbuot xizmati xabarida.

Endilikda musulmonlarimiz bu boradagi o‘z savollariga ushbu koll-markaz orqali javob olishlari mumkin.

Call-markazning ish tartibi dushanba kunidan shanba kunigacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi, dam olish kuni yakshanba). Ushbu 78-150-33-44 telefon raqamlari orqali koll-markazga qo‘ng‘iroq qilinadi va fatvo bo‘yicha malakali mutaxassislardan javob olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring