Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dorixonalar 2 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad ko‘rgani aniqlandi

Dorixonalar 2 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad ko‘rgani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llash holatlari aniqlandi. 

Xabaringiz borki, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarliklar Soliq organlari tizimida aniqlanib, Qo‘mitaning «Fair Tech» yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

2026-yilning II choragi davomida Qo‘mitaning «Fair Tech» yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlar yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, 237 ta dorixonada (33 ta ulgurji va 204 ta chakana) 148 810 ta holatda 1,9 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi hamda iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rildi.

Qo‘mita tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilib, qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan dorixonalarga nisbatan chora ko‘rish davom ettiriladi hamda ularning ro‘yxati ochiq tarzda e’lon qilib borilishi ma’lum qilinadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring