Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron viza uchun murojaatlar soni 10 kunda bir yarim mingdan oshdi

Elektron viza uchun murojaatlar soni 10 kunda bir yarim mingdan oshdi

Foto: «Uza.uz»

25-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 1555 nafarga yetdi. Bu haqida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

O‘tgan 10 kun ichida dunyoning 41 davlatidan O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilingan. Ulardan 1095 kishiga elektron vizalar taqdim etilgan. 460 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda. Elektron viza so‘rab murojaat etganlarning 1062 nafari erkak, 493 nafari ayollardir. Hech kimga rad javobi berilmadi.

O‘zbekistonga eng ko‘p qiziqish bildirayotganlar safida hamon Xitoy fuqarolari yetakchilik qilmoqda. E-VISA olish uchun murojaat etgan xitoyliklar soni 295 nafarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda AQSh fuqarolari bo‘lib, ular tomonidan 216 ta so‘rovnoma to‘ldirilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya (176 nafar), Hindiston (154) va Fransiya (100) fuqarolari bu ro‘yxatda ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘tgan xaftada Ispaniya fuqarolaridan tushgan murojaatlar soni ham sezilarli darajada oshgan bo‘lib, ularning soni hozirda 70 taga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 15-iyuldan boshlab E-VISA berish jarayoni boshlandi va xorijiy fuqarolar yurtimizga kirish vizasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralariga majburiy murojaat etishlari bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring