Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer uchastkasi ijarasini uzaytirish tartibi belgilandi

Yer uchastkasi ijarasini uzaytirish tartibi belgilandi

Foto: Xabar.uz

Yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish tartibi belgilandi. 

Hukumat qarori (255-son, 18.05.2026-y.) bilan «Yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglament yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Ariza beruvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin.

 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- avval rasmiylashtirilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi;

-yer uchastkasining ijarachisi nomidan harakat qilingani bo‘yicha ishonchnoma (agar ijarachining nomidan boshqa shaxs murojaat qilsa).

Ijaraga beruvchi tegishli vakolatli organlarning ma’lumotlarini olganidan so‘ng 10 ish kuni ichida:

-yer uchastkasidan muntazam ravishda foydalanilmayotgani to‘g‘risida ma’lumot mavjudligini tekshiradi;

-ariza kelishilgani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni ariza beruvchiga yuboradi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Yer uchastkasining ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan imzolangandan so‘ng avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring