Eshak go‘shti sotgan qassob iqrori (video)
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qilinishicha eshak go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan «tadbirkorlar» faoliyati aks etgan videolavha paydo bo‘ldi. Anons ekani aytilgan videolavhada katta ehtimol bilan 2017 yilning dekabrida jamoatchilik o‘rtasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan jinoyat ishi tarixi bayon qilinadi.
Mavzuga doir:
Eshak go‘shti mojarosi: endi kolbasalardan voz kechamizmi?
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining ma’lum qilishicha, so‘nggi paytlarda bot-bot qulog‘imizga chalinayotgan «Eshak go‘shti voqeasi» endi Farg‘ona viloyatida ham mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Farg‘onaliklar orasida tarqalgan duv-duv gaplar, afsuski, haqiqat bo‘lib chiqdi.
Voqealar tafsilotini «Qonun nomi bilan» ko‘rsatuvining 23 mart kuni soat 18:00da «O‘zbekiston-24» telekanalida efirga uzatiladigan navbatdagi sonida tomosha qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter