Farg‘onada o‘g‘irlangan salkam 1 mlrd so‘mlik gaz bo‘yicha tergov boshlandi
Farg‘ona viloyatida 835,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan. tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «O‘.B.» xususiy korxonasi rahbari B.B. va boshqalar Farg‘ona tumani,«Damko‘l» MFY hududidagi korxonaga qarashli binoda tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 835,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter