Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hafta davomida qanday ob-havo kutilishi e’lon qilindi

Hafta davomida qanday ob-havo kutilishi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Ish haftasi davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Bugun kunduzi va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan asosan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 18-19 mayda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Bugun kunduzi havo harorati 30-35 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ng harorat 25-28 darajadan 30-32 darajagacha o‘zgarib turadi. 

Toshkentda bugun kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi. 19 may kuni kechasi va kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi. 

20-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi. 21-22-may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 25-30 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring