Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har oktyabrning ilk haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi — Prezident qarori.

Har oktyabrning ilk haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi — Prezident qarori.

Foto: Xabar.uz

«Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, har yili oktyabr oyining birinchi haftasi mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila a’zolari bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring