Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchining telefonini olib qo‘ygan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi

Haydovchining telefonini olib qo‘ygan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi

2020-yil 21-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan «Sirdaryoda haydovchi va GAI xodimi o‘rtasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Bunga ko‘ra, GAI xodimi haydovchining telefonini olib qo‘ygan. Sababi esa noma’lum» sarlavhali video lavha yuzasidan sahifamizda munosabat bildirilgan edi.

Unga ko‘ra Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori safdor B.Bobojonov 2020-yil 7-oktyabr kuni soat 15:40 larda Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 90 kilometrida xizmat olib borayotgan vaqtida tovush kuchaytirgich (sirena) moslamasini yoqib kelganlikda gumonlanib Lasetti rusumli transport vositasini to‘xtatadi. Shu payt haydovchi va YPX inspektori o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, holatga haydovchining yaqinlari ham aralashadi va shaxsiy uyali aloqa vositasi yordamida tasvirga olishadi. Videoda safdor B.Bobojonov yigitlarning o‘zini tasvirga olishiga qarshilik qilib, uyali telefonlarini olib qo‘yganligi aks etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1- dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda IIVning ayrim me’yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPXO YPX inspektori B.Bobojanov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring