Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh xorijlik yuk mashinalari haydovchilariga ishchi vizalar berishni to‘xtatdi

AQSh xorijlik yuk mashinalari haydovchilariga ishchi vizalar berishni to‘xtatdi

Foto: Dexpens

AQSh hukumati tijorat yuk mashinalari va olis yo‘nalishga qatnovchi xorijlik haydovchilarga ishchi vizalarini berishni to‘xtatdi.

«Tijorat yuk mashinalari haydovchilariga ishchi vizalar berishni darhol to‘xtatamiz. AQSh yo‘llarida katta tirkamali yuk mashinalarini boshqarayotgan xorijlik haydovchilar soni ortib borayotgani amerikaliklar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda», deb yozdi Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Qolaversa, chet eldan borgan haydovchilar amerikalik hamkasblarining «nonini yarimta qilayotgani»ni ham Rubio qo‘shimcha qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp shu yil aprelida uzoq yo‘nalishga qatnovchi yuk mashinalari haydovchilaridan ingliz tilini bilish talab qilinuvchi farmonga imzo chekkan edi. Yangi farmonga ko‘ra, ish beruvchilarga ingliz tilini bilmaydigan haydovchilarni ishdan bo‘shatish talabi qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring