Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya va’dasi: 63 kishini chuv tushirgan shaxs aniqlandi

Janubiy Koreya va’dasi: 63 kishini chuv tushirgan shaxs aniqlandi

Foto: Equatorial.by

Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «K.M.» nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi X.Sh. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 6 ta viloyatda yashovchi 63 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishlarini aytib, jami 408 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring