Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Xurshid  Daliyev o‘ziga nisbatan tahdid bo‘lganini aytmoqda

Jurnalist Xurshid  Daliyev o‘ziga nisbatan tahdid bo‘lganini aytmoqda

Jurnalist Xurshid Daliyev o‘ziga nisbatan tahdid bo‘laytganini aytdi. U shunday yozmoqda: «So‘nggi vaqtlarda jurnalist va blogerlar jamiyat faoliyatida nisbatan faollashgani sari ularning qonuniy faoliyat yuritishini xush ko‘rmaydigan, boshqacha aytganda, sirlari fosh bo‘lishini istamaydigan ayrim mansabdor shaxslar tomonidan tahdid va bosimlar ham uchramoqda.

Yaqinda Andijon shahridagi maktablarda ishlovchi «boshi ochiq» ayollarning sirli ro‘yxati haqida yozgandim. Tan olish kerak, bu ro‘yxat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hattoki, Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan Xalq ta’limi vazirligi unchalik ishonarli chiqmagan bo‘lsa-da, ro‘yxat «ichki ishlar idoralariga nomzod kadrlar rezervi uchun» kerak bo‘lganligini aytdi. 

So‘ngi kunlarda Andijonda yuz bergan hodisalar esa (o‘ylaymanki, gap nimada ekanligini tushundingiz) ro‘yxat, aslida nima uchun kerak bo‘lganligiga signaldek tuyuldi menga. Qolaversa, aynan shu ro‘yxatning ortidan men turli tazyiq va tahdidlarga uchramoqdaman. 

13 avgust kuni kech soat birlarga yaqin telefonimga + 998 93 062 95 25 raqamidan noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini tanishtirmasdan, biror bir sababsiz meni turli yomon va kurakda turmaydigan so‘zlr bilan haqorat qilib, o‘ldirib yuborish bilan tahdid qildi. Noma’lum shaxs o‘z so‘zlarida mening Andijon viloyatidagi mavjud muammolarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy saxifalarim orqali yoritayotganligimni «vatanga hiyonat»ga tenglashtirdi (pastdagi suratlarda ko‘ring).

Chora ko‘rishlarini so‘rab, Bosh prokuratura va IIVga murojaat qilgan edim. Arizalarim aylanib-aylanib Namangan shahar ichki ishlar idorasiga borib tushibdi. O‘rganishyapti shekilli, har holda ahyon-ahyonda qo‘ng‘iroq qilib, u-buni so‘rab turishipti. Eng qizig‘i, tahdid qilgan odamning raqami aniq. Uni topish qiyin bo‘lmasa kerak, degan yaxshi fikrdaman. Axir biz tosh asrida yashamayapmiz-ku, to‘g‘rimi?! Umid qilamanki, jurnalistik faoliyatimga to‘sqinlik qilishga uringan va haqoratlagan shaxslar aniqlanib, qonun oldida javob beradi».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring