Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelayotgan to‘rt kunlik uchun ob-havo prognozlari e’lon qilindi

Kelayotgan to‘rt kunlik uchun ob-havo prognozlari e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda tez orada bahoriy yog‘inlar boshlanadi. 

«O‘zgidromet»ning kelayotgan 9—12-mart kunlari uchun e’lon qilgan prognozlarida shimol va vodiydan tashqari boshqa viloyatlarda vaqti-vaqti bilan deyarli har kuni yog‘ingarchilik kutilmalari bo‘lishi e’lon qilingan.

9—11-mart kunlari vodiyda, 10—12-mart kunlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmasligi e’lon qilinmoqda.

Xullas, kelayotgan to‘rt kunlikda bizni bahoriy yog‘inli havolar kutib turibdi. Shu to‘rt kunlikda haroratning sovib ketish kutilmalari mavjud emas.

Hatto yog‘inlar markaziy va janubiy viloyatlarda chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatli bo‘lishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 7-11-mart kunlari ob-havosi taqdim etilgandi, shuningdek, ayrim viloyatlar aholisi qor ko‘chkisidan ogohlantirildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring