Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi tanlovning birinchi bosqichi tafsilotlari e’lon qilindi

Korrupsiyaga qarshi tanlovning birinchi bosqichi tafsilotlari e’lon qilindi

Avvalroq xabar berganimizdek, Adliya vazirligi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Biz korrupsiyaga qarshimiz» nomli megatanlov e’lon qilgan edi.

To‘rt nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilayotgan ushbu megatanlovning to‘rtinchi yo‘nalishi – «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» umummilliy insholar tanlovi uchun mavzular e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov uch bosqichda (tuman (shahar), viloyat, respublika) o‘tkaziladi.

1-bosqich uchun «Korrupsiya va men» mavzusi tanlandi. Inshoda korrupsiyaning fuqarolar, muayyan shaxs hayotiga ta’siri, qonunga itoatkorlik yuksak qadriyat va korrupsiyaga qarshi kurashning asosi ekani, qarindosh-urug‘chilik, poraxo‘rlik, ko‘zbo‘yamachilik, qonunga itoatsizlik va javobgarlikdan qo‘rqmaslikning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga nisbatan fuqarolik pozitsiyasi, xususan, toqatsizlik, murosasizlik va unga bosh qo‘shmaslik lozimligi kabi masalalar yoritilishi kerak.

«Eng yaxshi insho uchun» nominatsiyasi bo‘yicha tanlov ikki guruh kesimida o‘tkaziladi: 

- birinchi guruh – umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8–11 sinflari hamda litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida; 

- ikkinchi guruh – oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida. 

Tanlovning birinchi guruhi uchun nomzodlar o‘z ijodiy ishlarini ota-onasi yoki o‘qituvchisi nomidan kuzatuv xati (unda ishtirokchi va ota-ona yoki o‘qituvchi haqida ma’lumot hamda aloqa ma’lumotlari ko‘rsatiladi) bilan birga, ikkinchi guruh esa o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (ob’yektivka) bilan birga topshiradilar. 

Tanlovning 1-bosqichida insholar shu yilning 20 oktyabrigacha tuman (shahar) adliya  bo‘limlariga shaxsan topshirilishi kerak. 

Insholar erkin mavzuda insho yozish qoidalariga rioya etgan holda yozilishi, hajmi 1000 ta so‘zdan oshmasligi lozim.

Tanlovda voyaga yetmagan ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini  ota-onasi yoki o‘qituvchisi nomidan kuzatuv xati (unda ishtirokchi va ota-ona yoki o‘qituvchi haqida ma’lumot hamda aloqa ma’lumotlari ko‘rsatiladi)  bilan birga, qolganlar esa o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (ob’yektivka) bilan birga topshiradilar. 

Ma’lumotnomada aloqa ma’lumotlari (e-mail, telefon raqami, manzil) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

«Eng yaxshi insho uchun» nominatsiyasining har bir guruh bo‘yicha g‘oliblariga «Samsung S9» smartfoni beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring