Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishdan bo‘shatildi

Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Sessiya ishida Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov ishdan olingani ma’lum qilindi.
Qayd etish lozimki, kecha Qashqadaryo viloyat hokimligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, unda Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning audiosi va Yakkabog‘ tumanidagi fermer ishchilari o‘rtasidagi nizolar muhokama etilgandi. Viloyat hokimi «Mirishkorning zo‘ravon hokimi viloyat nomiga dog‘ tushirgani»ni ta’kidlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, ularni jirkanch so‘kinishlar bilan «siylagani», hatto urib-turtgani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha tekshiruvlarni boshlagani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter