Moratoriy uzaytiriladi, jarima miqdori oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida atrof-muhitni himoya qilishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor davomida daraxt kesishga bo‘lgan moratoriy muddati uzaytirilishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi.
Yig‘ilishida ta’kidlanishicha, o‘tgan 6 oylik moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan.
Bu holatlar, Surxondaryoda – 242 ta, Jizzax va Xorazmda – 238 tadan, Navoiyda – 212 ta, Toshkent shahrida – 201 tani tashkil etishi ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilishda ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshirilishi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter