Surxondaryoda yoppasiga tayinlovlar e’lon qilinmoqda
Surxondaryo viloyatining yana uch tumaniga yangi hokimlar tayinlanishdi.
Ismailov Abdurashid Muzrabot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Avazov Elmurod Ro‘zimurodovich Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Zokirov Ulug‘bek Xurramovich Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunga qadar u O‘zbekiston Markaziy banki departament direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz va Angor tumanlariga hokim tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter