Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Abrorjon Alijon o‘g‘li Alijanov Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Abrorjon Alijanov 2003-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2006-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialida jarroh, bo‘lim boshlig‘i, bosh shifokor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ham faoliyat yuritgan.
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) bo‘lgan Abrorjon Alijanov mazkur tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter