Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligi oshiriladi
Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirishga doir PQ–50-son qaror qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:
2030-yilga kelib:
- aeroportda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini 2,3 barobarga oshirib, yiliga 7 mingtaga yetkazish;
- yo‘lovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga hamda yuk tashish hajmini 45 ming tonnaga yetkazish.
- «Navoiy xalqaro aeroporti» MChJ «Uzbekistan Airports» AJning markazlashgan operativ boshqarish tizimidan ajratilgan holda uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
«Navoiy xalqaro aeroporti» MChJ ijro etuvchi organiga quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi beriladi:
- o‘z daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha xizmatlar turlarini kengaytirish;
- havo kemalariga aviayonilg‘i quyish va xorijiy aviatashuvchilar tomonidan olib kelingan aviayonilg‘ini saqlash bo‘yicha jahon aviatsiya bozori kon’yunkturasiga mos tariflarni belgilash.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter